Islom taraqqiyot bankining (ITB) 2024-2025-yillarga mo’ljallangan stipendiya dasturlari e’lon qilingan.
Ushbu dastur magistratura, falsafa doktori va yuqori texnologiyalar bo‘yicha doktorlikdan keyingi tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu yo‘nalishlarda qiziqish bildirgan talaba va xodimlar uchun ITBning onlayn portali orqali https://isdbscholarships.smartsimple.com/ ro‘yxatdan o‘tish taklif etiladi.
Dasturlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar quyidagi havolada mavjud: www.isdb.org/scholarships
Hujjatlar 2024-yilning 20-apreliga qadar qabul qilinadi