Oliygohimiz talabalari “Ma’rifat ulashib” loyihasini davom ettirmoqda.

Joriy yilning 15-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali “Ijtimoiy-gumanitar”,” Kimyo texnologiyalar” kafedralari maʼnaviyat boʻlimi, “Yoshlar ittifoqi” boshlangʻich tashkiloti, matbuot xizmati hamkorligida
“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Qoʻqon shahridagi 23-sonli umumtaʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Prezident administratsiyasi boʻlim boshligʻi O.Bozorov topshirigʻiga asosan, Filialning iqtidorli talabalari tomonidan namoyish etilgan “Jadidlar” nomli badiiy kompozitsiya, barcha maktab oʻquvchilarida katta qiziqishga sabab boʻldi.

Tadbir davomida 90 ga yaqin maktabning bitiruvchi oʻquvchilariga oliygohning maʼlumotlari aks ettirilgan bukletlar va targʻibot materiallari kafedra oʻqituvchilari tomonidan tarqatildi.

Maʼlumot uchun: “Jadidlar” spektakli Qoʻqon shahrida joylashgan 43 ta umumtaʼlim maktablarining barchasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Leave a Reply