Oliygoh talabalari va professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar Namangan viloyatiga sayohat qildilar.

Joriy yilning 19-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali rahbariyati tashabbusi bilan Oʻzbekistonning gullar shahri Namangan viloyatiga sayohat tashkil etildi.

Sayohatga faol professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda 42 nafar oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori, iqtidorli va faol talabalar jalb qilindi.

Dastur doirasida sayohatchilar 63-Xalqaro gullar festivali munosabati bilan tashkil etilgan goʻzal bogʻlar bilan yaqindan tanishdilar va ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Goʻzal gullarga burkangan shahar va festival doirasida tashkil etilgan turli hil loyihalar barcha sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.

Sayohat davomida: Namangan shahriga ko‘rk bag‘ishlayotgan “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyirildi:

Bir so‘z bilan aytganda, “Afsonalar vodiysi”da joylashgan turli attraksion o‘yinlar, manzarali daraxtlar barchaning qalbida sof ekologik muhit yuzaga kеltirdi.