Joriy yilning 21-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filialiga Vengriyaning “ARCHENERG” Yevropa innovatsiyalar klasteri vitse prezidenti, xalqaro biznes konsultant Lakatosne Dr Nemes Sarolta tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida xalqaro klaster tashkilotining loyihalarni moliyalashtirish, innovatsiyalarni rag’batlantirish, Yevropa Ittifoqi bozoriga kirib borish, talaba almashinuvchanligi, xalqaro grantlar, Vengriya oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama mustahkam hamkorlik o’rnatish va dual diplom tizimini bosqichma bosqich tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida esa Vengriyaning “ARCHENERG” Yevropa innovatsiyalar klasteri vitse prezidenti, xalqaro biznes konsultant Lakatosne Dr Nemes Sarolta va oliygohimiz direktori M.Maksudov o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ikkala tomon ham “Student exchange” talaba almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlik orqali pedagog-kadrlarni Vengriyaga malaka oshirishga yuborish, o’quv ko’rsatkichi yuqori bo’lgan filial talabalarini grantlar orqali Vengriyaning top universitetlariga o’qishga jo’natish, Vengriya bilan hamkorlikda dual diplom dasturlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.