OCHIQ SUV HAVZALARIDA CHO‘MILISH HAYOTINGIZ UCHUN XAVFLI!

Yoshlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan suvdagi halokatlarning aksariyati ularning nazoratsiz qoldirilishi va o‘zboshimchaliklari oqibatida sodir bo‘lmoqda.
Statistik ma’lumotlarlarga ko‘ra suvda cho‘kib halok bo‘lgan yoshlarning
95 foizi ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilganligi hamda o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milishi oqibatida sodir bo‘lgan. Asosan katta yoshdagi fuqarolarning suvga cho‘kishlariga ularning sipirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda cho‘milish uchun suvga tushishlari sabab bo‘lmoqda. Qayd etilgan holatlarning deyarli 99 foizi belgilanmagan va cho‘milish ruxsat etilmagan joylarda sodir etilgan.
Shu boisdan viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qo‘qon shahrida suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish borasida shahar markazidan o‘qib o‘tuvchi “Qo‘qon soy” da cho‘milishni qat’iy taqiqlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Aziz ham shaharlar! Suv havzalarida fuqarolarning cho‘kib halok bo‘lishlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi oddiy qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz:
-hech qachon belgilanmagan joylarda cho‘milmang;
-“Cho‘milish ta’qiqlanadi” maxsus belgilariga qat’iy amal qiling;
-yozgi ta’til davrida bolalarni belgilanmagan joylarga cho‘milishga borishlariga yo‘l qo‘ymang;
-yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;
-spirtli ichimliklar iste’mol qilib, cho‘milishga bormang;
-faqatgina cho‘milish ruxsat etilgan maxsus suv havzalarida cho‘miling.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish faqat sizning salomatligingiz va hayotingiz kafolati ekanligini unutmang.

Qo‘qon shahar FVB PNB kichik inspektori I-darajali serjant Olimjonov Abror Aliyevich

Leave a Reply