13-14-iyun kunlari Farg’ona shahridagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”da qurilish materiallari, to’qimachilik va ipakni qayta ishlash, kimyo sanoati, neft va gaz, elektrotexnika, charm-poyabzal, avtomobilsozlik sohalari uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur sanoat yarmarkasida neft-gaz, kimyo va elektrotexnika sanoati, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, charm-poyabzal, to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash sohalari bo‘yicha 100 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari faol ishtirok etishmoqda.
Ushbu ko’rgazmada Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori xodimlari filialmizdagi ilmiy innovatsion ishlanmalari to’g’risida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga aniq javoblar berishib faol ishtirok etishmoqda