“Energetika” va “Muhandislik” fakultetining bitiruvchi talabalariga diplom topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 8-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Energetika” va “Muhandislik” fakultetining bitiruvchi talabalariga diplom topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.Tadbirni oliygoh direktori v.b Maksudov Muzaffar Saminjonovich soʻz olib bitiruvchi talabalarni tabriklab kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, faol, intizomli, innovator talabalarning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar topshirildi.
Yakunda Fakultet dekanlari M. Qambarov, I.Usmonovlar tashrif buyurgan ota-onalarga oʻz minnatdorchiligini bildirib, talabalarga ezgu tilaklarini izhor etdilar.

Leave a Reply