Toshkent davlat texnika universiteti Qoqon filiali talabalar turar joyi binosini qurish

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Toshkent davlat texnika universiteti Qoqon filialiga xususiy tashabbuskor “MALIK MULK GROUP”  MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Toshkent davlat texnika universiteti Qoqon filiali hududida (0,3 gektar)  400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

   Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;  Loyiha konsepsiyasi;
    Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 25-avgust 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

Toshkent davlat texnika universiteti Qoqon filiali
 Elektron pochta manzili: ishlarboshqarmasi@tdtukokand.uz info@tdtukokand.uz
 Telefon raqami: +998 73 541 07 94, 93 983 02 09
 Manzil: Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Usmon Nosir koʻchasi 4 uy, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hududi. 

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi 
       Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uzedu@exat.uz
       Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195)
       Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

Leave a Reply