Ayni vaqtda Fargʻona shahar 40-sonli umumtaʼlim maktabining sport majmuasida abituriyentlar uchun davlat test sinovlari bo’lib o’tmoqda.
Ushbu imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar tashkil etilgan.
Mazkur joylarda faol harakat olib borayotgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali rahbariyati hamda “Volontyorlar guruhi” tomonidan ota-onalar ishtirokida ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari S.Buzrukxonov va Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sh.Rahimov tomonidan masʼullarga ota-onalar uchun yanada qulay sharoitlar tashkil etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.