O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qaroriga muvofiq filialda semestr yakunlari bo‘yicha fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalarning o‘z tashabbuslariga ko‘ra qayta o‘zlashtirish va qayta topshirish ta’til vaqtida yoki keyingi semestr davomida pulli tarzda tashkil qilinishi belgilangan. Shu munosabat bilan, akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarga qayta o‘zlashtirish va qayta topshirish uchun o‘rnatilgan tartibga ko‘ra kontrakt.edu.uz tizimi orqali Kredit modul bo‘limi orqali ariza topshirishi hamda fanning kredit miqdoriga mos mablagʻni shartnomaga asosan filial hisob raqamiga o‘tkazishlaring mumkinligini e’lon qilamiz.
Izoh: Bank yoki mobil ilova orqali pul mablag‘ini o‘tkazishda to‘lo‘v maqsadini fan uchun deb ko‘rsatishlaring so‘raladi.