Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida talabalarga qulayliklar yaratish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

TDTU Qoʻqon filialida 2024-2025 o’quv yiliga tayyorgarlik, talabalarga qulayliklar yaratilish boʻyicha talabalar turar joyi qayta ta’mirlanib talabalar uchun tayyor holatga keltirildi.

Shuningdek, filial dekan oʻrinbosari R.Ummatov, fuqaro muhofazasi mutaxassisi X.Ovlayorov, A.Xudoynazarov, R.Qoraboyev, D.Sulaymonov, X.Asranqulov, D.Inomov tyutorlar tomonidan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ijara xonadonlari ko‘zdan kechirilib, ijaraga beriladigan xonadonlarning shart-sharoitlari, qulayliklari, va xavfsizligi o‘rganildi.

2024/2025-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida TDTU Qoʻqon filialida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

Leave a Reply