Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili: ➖ oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;➖ akademik litseylarda – 4-sentyabr;➖ kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;➖ kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi. Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.