Yurtimiz boʻylab 24–25-avgust kunlari Respublikamiz bo’ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Shu qatorda bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida ham obodonlashtirish hamda tozalash ishlariga bel bog’landi.
Hasharda hududlar begona o‘tlardan tozalanmoqda, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesilib,daraxtlar oqlanmoqda. O‘quv binolari va talabalar turar joylarining atroflarida tozalik va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Erta tongda Oliygoh direktori v.b M.Maksudov masʼullarga hududlarda bajarilishi zarur boʻlgan vazifalar va tavsiyalar berildi.
“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida yurtimiz bo’ylab o‘tkazilayotgan ushbu xayriya hashari vatanimizni yanada obod etish, shu qatorda mustaqilligimizning 33 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.
Zero Yurtimiz obodligi vatan taraqqiyoti koʻzgusidir.