Aziz vatandoshlar va qadrli talabalar!
Sizlarni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman!
Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.
Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo’lsin! Xar birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!
Maksudov Muzaffarjon Saminjonovich
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori v.v.b