Oliygohda 2024-2025-o’quv yilining ilk o’qish kuni tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yangi 2024-2025-o’quv yilining ilk o’qish kuni tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Uni oliygoh direktori v.v.b Maksudov Muzaffar Saminjonovich ochib berdi va talabalarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Oliygoh hovlisi oliy ta’lim dargohiga qadam qo’ygan farzandi bilan baravar hayajonga to’lgan ota-onalar va ilmga chanqoq talabalar, professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdilar.

Tadbirda yuqori ball bilan qabul qilingan magistratura va bakalavriat yoʻnalishlariga kirgan talabalar va ularning ota-onalari soʻz olib ustozlar va talabalarga ezgu fikrlarini bildirib oʻtdilar.
Shundan soʻng 1-bosqich talablariga Oliygoh hayoti aks etgan videorolik namoyish etildi.

Leave a Reply