Joriy yilning 11-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlar orasida jinoyatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm, bezorilik, oʻgʻrilik, kiberjinoyat firibgarlik kabi mavzularda maʼlumotlar berildi.Shuningdek, oliygoh maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi Q.Mamatqulova, filial inspektori L.Islomovlar jinoyat turlari uning talabalar hayotidagi salbiy oqibatlarini hayotiy misollar bilan talabalarga maʼlumotlar berib oʻtdi.