Joriy yilning 16-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining 1-2-Binoda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va talabalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasini jonli kuylashdan boshladi.
Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqarolarning milliy gʻururi va iftixori boʻlmogʻi darkor.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida milliy gʻurur, iftixor va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.Shuningdek, hafta davomida faol boʻlgan tyutor va talabalar direktor v.b Maksudov Muzaffar Saminjonovichning “Jadidlar” kitoblar jamlanmasi sovgʻasi bilan taqdirlandilar.Yakunda davlatimiz bayrogʻi koʻtarildi.