Joriy yilning 20-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida sogʻliqni saqlash mutaxassislari ishtirokida “Sogʻlom turmush tarzi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Fargʻona viloyati 2-sonli teri tanosil dispanser Qoʻqon boʻlimi shifokori V.A.Pirumyan hamda Fargʻona viloyati 2-son Narkalogiya Qoʻqon shahar boʻlimi shifokori N.Azimova mehmon boʻldi.