Oliygohda “Ma’rifat ulashib” loyixasi doirasida tantali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-sentabr kuni Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Erta tongda Oliygoh jamoasi va talabalari elimizning sevimli shoirlari va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurullo Ostonov, Yahyo Togʻayevlarni tantanali kutib oldilar.

Talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda dastavval O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.Dastur doirasidagi “Rahbar va adiblar”, “Mushoira kechasi”, maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv, “Yashil makon”, “Gulxan atrofida uchrashuv”lar oʻtkazildi.

Tadbirda 95 nafar professor-o‘qituvchilar va 420 nafar talabalar faol ishtirok etdi.

Tadbirda Yozuvchilar Nurullo Ostonov, Yahyo Togʻayev, direktor v.b M.Maksudov Oliy ta’lim a’lochisi F.Mamadaliyevlar nutq so‘zlab, barcha yig‘ilganlarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Leave a Reply