Joriy yilning 2-oktabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti hisobot-saylov yigʻilishida dastavval Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
Shundan soʻng tantanali marosimni Oliygoh direktori v.b Maksudov Muzaffar Saminjonovich ochib berdi.
Hisobot-saylov juda koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi va amaldagi yoshlar yetakchisi Haydarov Hasanjonning oʻtgan oʻquv yilidagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.
Hisobot-saylovning barcha tartib-qoidalariga amal qilgan holda nomzodlarning saylovoldi dasturlari tinglandi.
Vanihoyat yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirning ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Yakuniy natijalarga koʻra 100% ovoz toʻplagan holda amaldagi yoshlar yetakchisi Haydarov Hasanjon Hakimovich Oliygohning Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi lavozimiga saylandi.






