Filialimizning barcha aziz talabalari diqqatiga!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida, “Yoshlar ittifoqi”ning @TDTU2 telegram kanalida onlayn shaklda o’tkaziladigan, qiziqarli tanlovlarga start berilganini e’lon qilamiz!

“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi” mavzusida vaqti 1 daqiqadan, 3 daqiqagacha boʻlgan ijtimoiy videorolik, qoʻlda chizilgan rasm tayyorlang va @Xaydarov_Xasanjon telegram akkauntiga yuboring!

  • Muddat: 2024-yil 20-oktyabrga qadar

G’oliblar ovoz berish yoʻli bilan va maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi.

Tanlov g’oliblari I, II, III darajali diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Barcha talaba-yoshlarimizni tanlovlarda faol boʻlishga chorlaymiz! Omad doimo yor boʻlsin!