“Zamonaviy energetikaning dolzarb muammolari va rivojlantrish istiqbollari”  mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18- yanvardagi 16-son buyrug’iga muvofiq 2024 yil 3-oktabrda Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida “Zamonaviy energetikaning dolzarb muammolari va rivojlantrish istiqbollari”  mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy anjumanda Xalqaro, Respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari vakillari, yosh olimlar va talabalar oflayn va Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida professor-oʻqituvchilar va yosh olimlarning mavzu yuzasidan maʼruzalari tinglandi va oʻzaro fikrlar almashildi.

Xalqaro Ilmiy-amaliy anjuman davomida eng faol ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Kunning ikkinchi yarmida Konferensiya ishtirokchilari Oliygohning diqqatga sazovor joylariga sayohat qildilar va yutuqqa erishgan yosh olimlar va talabalarning ijodiy namunalarini koʻzdan kechirdilar.