SIRTQI TA’LIM SHAKLIDA TAHSIL OLUVCHI TALABALARGA DARS JARAYONLARI QACHONDAN BOSHLANISHI ANIQ BO’LDI

elon

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filialida sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarga 2024/2025 o’quv yili uchun kuzgi semestr dars mashg’ulotlari boshlanish sanalari aniq bo’ldi:

1-3 kurs talabalari — 21-oktyabr (dushanba)dan 23-noyabr (shanba)gacha;
2-4 kurs talabalari —25-noyabr (dushanba)dan 28-dekabr (shanba)gacha;

Kursidan qat’iy nazar o’quv jarayonlari kunning ikkinchi yarmida soat 12:30da boshlanadi.

Birinchi binoda o’quvchi yo’nalishlar:
1️⃣ Iqtisodiyot
2️⃣ Menejment
3️⃣ Materialshunoslik
4️⃣ Texnologik mashinalar va jihozlar
5️⃣ Geodeziya va geoinformatika
6️⃣ Kimyo muhandisligi
7️⃣ Transport vositalari muhandisligi
8️⃣ Yengil sanoat muhandisligi

Ikkinchi binoda o’quvchi yo’nalishlar:
1️⃣ Elektronika va asbobsozlik;
2️⃣ Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar
3️⃣ Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi
4️⃣ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
5️⃣ Elektr muhandisligi
6️⃣ Energetika muhandisligi

Eslatib o’tamiz, to‘lov shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz (https://kontrakt.edu.uz/) tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Birinchi bino manzili:
Qo’qon shahri, Usmon Nosir ko’chasi, 4-uy
TDTU Qo’qon filiali bosh binosi (https://maps.app.goo.gl/yqquGwuUXRWNjYJF9)
Mo’ljal: Tabobat tibbiyot markazi ro’parasida

Ikkinchi bino manzili:
Qo’qon shahri, Turon ko’chasi, 12-uy
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Qoʻqon neft va gaz sanoati texnikumi (https://maps.app.goo.gl/c5EhLov738EXUbNG7)
Mo’ljal: Qo’qon shahar hokimligi binosi yonida