Joriy yilning 7-oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor v.b Maksudov Muzaffar Saminjonovich boshchiligida 1-Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida Ustoz-shogird anʼanalari asosida direktor v.b M.Maksudov oʻz ilmiy hayot faoliyatining oʻziga xos yoʻli haqida talabalarga aytib ilmiy yoʻnalishda olgʻa qadam tashlash zarurligi, xozirgi keng yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanishlarini alohida takidlab oʻtdi. Shuningdek, talabalarning muammolari tinglanib yechimi yuzasidan kelishib olindi. Maʼnaviyat- maʼrifat boʻlimi boshligʻi Q.Mamatqulova talabalarni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etishlarini takidlab oʻtdi. Yakunda talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.


