Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18- yanvardagi 16-son buyrug’iga muvofiq 2024 yil 8-noyabrda Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida “Materialshunoslik yoʻnalishi muammolari va innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkazildi.
Ilmiy-amaliy anjumanda Xalqaro, Respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari vakillari, yosh olimlar va talabalar oflayn va Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida professor-oʻqituvchilar va yosh olimlarning mavzu yuzasidan maʼruzalari tinglandi va oʻzaro fikrlar almashildi.
FOTO: https://t.me/fotolar11