Elon!!! Oliygohda sovrin jamg’armasi 3 100 000 so’mlik tanlovga start berildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filialida 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo’q deydi!” mavzusida ko’rik-tanlov e’lon qilindi!

Tanlovda ta’lim yo’nalishi, ta’lim shakli, bosqichi, o’zlashtirish ko’rsatkichlaridan qat’iy nazar barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin!

Tanlov quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1️⃣-bosqich: Rasmlar tanlovi;
Ishtirok etuvchi talaba o’z ijodi, tafakkuri va eng asosiysi qo’l mehnati yordamida mavzuni yorituvchi rasm chizadi va ma’sullarga topshiradi.

2️⃣-bosqich: Videoroliklar tanlovi;
Ishtirok etuvchi talaba tomonidan hayotiy voqealar va reallikka asoslangan mualliflik videroligi tayyorlanadi. Videorolik mazmunan jihatdan mavzuga mos tushishi, jamiyat muammosini yorqin ko’rsata oladigan, mazmun va xulosaga ega bo’lishi lozim. Videorolikni jamoaviy tarzda suratga olish mumkin!

3️⃣-bosqich: Ijodiy insholar tanlovi;
Ishtirokchi talaba tomonidan mavzuga doir ijodiy insho yoziladi. Insho mavzuga mos bo’lishi, leksik va orfogarfik xatolardan holi, plagiat (ko’chirish) alomatlaridan saqlanishi lozim.
Eslatib o’tamiz: ishtirokchi tanlov uchun tayyorlangan to’plamni 25-noyabr sanasiga qadar (shu kuni ham) Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosariga topshirishi lozim.

28-noyabr kuniga qadar nizomda belgilangan maxsus komissiya a’zolari to’plamlarni o’rganib chiqib, nizom talablariga mos bo’lgan ishlarni saralab olib, g’oliblarni e’lon qiladi!

Leave a Reply