Joriy yilning 15-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan talabalar kechasi tashkil etildi.Tadbir oliygoh direktori v.b Maksudov Muzaffar Saminjonovich tomonidan ochib berildi hamda talabalarni ushbu kun bilan samimiy muborakbod etdi. Kechada turli xil koʻngil ochar oʻyinlar, pazandalik, mushoira, sheʼrxonlik, raqs, QVZ, teatr sahna koʻrinishi, sport musobaqalari tanlovlari tashkil etildi.
Yakunda gʻoliblar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.