O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’ining 33 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Qo’qon shahar O’rda maydonida O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’ining 33 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qo’qon shahar hokimligi, sektor rahbarlari, tashkilotlar, ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Bayram tadbirida Qo’qon shahar hokimi M.Usmonov so’z olib barcha yig’ilganlarni O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’ining 33 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Yuqori kayfiyat ila davom etgan bayram tadbirida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali xodimlari va 100 dan ortiq talabalari faol ishtirok etdilar.

Leave a Reply