Onlayn formatda Memorandum uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali Vengriyaning “Archenerg” klasteri va Seged Universiteti mas’ullari bilan onlayn formatda Memorandum uchrashuvi bo’lib o’tdi.Ushbu oliy taʼlim oliygohimiz bilan oʻquv va ilmiy materiallar, nashrlar va ilmiy ma’lumotlar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchi olimlar almashinuvi, talabalar almashinuvi, ta’lim va tadqiqot uchun qo’shma tadqiqotlar va uchrashuvlar, doktorantura (PhD) ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, erasmus+ dasturi bo’yicha qo’shma loyihalar va qo’shma mobillik loyihalari, ikki diplomli dasturlarni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi va oʻzaro kelishib olindi.

Leave a Reply