O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Pulatov Sharifjon Yigitaliyevich Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Sharifjon Pulatov 1963-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Tayinlovga qadar Qo‘qon davlat pedagogika institutining Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Babayeva Nargiza Muzaffarovna Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha dirketor o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nargiza Babayeva 1976-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1998-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Tayinlovga qadar Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.