Vazir oʻrinbosari va tadqiqotchilar uchrashuvi tashkil etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Otabek Mahkamovning Qoʻqon davlat pedagogika instituti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali doktorant, tadqiqotchi hamda professor-o‘qituvchilari uchun sayyor qabuli tashkil etildi.

Tadbirda tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzularining respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, ilmiy nashr ishlari, tajriba-sinov jarayonlarining tashkil etilishi, ilmiy seminarlarga oid muhim masalalar yuzasidan suhbat olib borildi.

Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga batafsil javob oldilar.