Joriy yilning 27-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor Pulatov Sharifjon Yigitaliyevich boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.Yigʻilishda kun tartibida belgilanishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, direktor Sh.Pulatov oʻquv, ilmiy-innovatsion, ijtimoiy, maʼnaviy yoʻnalishlar yuzasidan tavsiyalar va takliflar berdi. Yakunda masʼullarning fikr-mulohazalari tinglandi.