“Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” insho yozish tanlovining filial bosqichi boʻlib oʻtadi.
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan TDTU Qoʻqon filialida talabalar oʻrtasida “Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi” mavzusida insho yozish tanlovi oʻtkaziladi.
Ishtirokchilar diqqatiga:
Ijodiy insholar tanlovida ishtirokchi talaba tomonidan mavzuga oid ijodiy insho yoziladi. Insho mavzuga mos bo’lishi, leksik va orfogarfik xatolardan holi, plagiat (ko’chirish) alomatlaridan saqlanishi kerak. Tanlovda talabalar oʻzlarining ijodiy fikrlari, korrupsiyaga qarshi kurashish haqidagi qarashlari va takliflari insholarda oʻz aksini topishi muhimdir. Tanlov insholari oʻziga xos, mazmunli boʻlishi, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusini ochib bera olishi va ijodiy yondashuvni oʻz ichiga olishi maqsadga muvofiqdir.
Tanlov 2024-yil 10-dekabr, soat 11:20 da, asosiy binoning 205-xonasida boʻlib oʻtadi.