O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida 11-dekabr kuni Qo’qon shahar Temiryo’lchilar san’at saroyida adiblar hamda talaba-yoshlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tadi.
Uchrashuvga marhamat!!!