🗣 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali talaba-yoshlari o’rtasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: miliiy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi
📈 Tanlov ikki bosqichda bo’lib o’tadi:
🔵Filial bosqichi
🔵Respublika bosqichi
🗓 Insho yozish uchun bir soat vaqt beriladi.
📍Tanlov bo’lib o’tish sanasi: 13-yanvar, soat 15:30 da, 205-xona
➡️Tanlov shartlari:
🟢Tanlovda ishtirokchilar o‘zbek va qoraqalpoq tillarida (12 varaqli daftarda yoziladi) insho yozishlari mumkin.
🟢Tanlovda “Jadidlar – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularidan biriga insho yoziladi. Ushbu insholar Hakamlar hay’ati oldidan konvertda tanlab olinadi va tanlangan mavzu bo‘yicha yoziladi.
📄 Baholash mezonlari:
⭕️mavzuning to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball;
⭕️jadidlar jasorati, meros bo‘lib qoldirgan asarlari va g‘oyalari ulug‘ maqsadlar yodidagi mardona kurashi va fidoyiligini ochib berilganligi – 20 ball;
⭕️imloviy savodxonligi, so‘z boyligi va uslubiy mahorati – 20 ball;
jadidlarning Vataniga sadoqatli vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashdagi fikr-qarashlarini ochib berilganligi – 20 ball;
⭕️xulosaviy fikrlarning mavjudligi hamda ularni ifoda etish mahorati – 20 ball.
⚠️ Batafsil nizomni o’qish (https://drive.google.com/file/d/1VI3Z2CtVmBJXx55VldOYEiYscJTVG02h/view?usp=drivesdk)
🎁 Filial bosqichida faxrli 1, 2, 3-o’rinlarni qo’lga kiritgan g’oliblar filial rahbariyati tomonidan diplom hamda vazirlik nizomiga asosan mehnatga haq to’lashning 1 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.