“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi

slom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali talaba-yoshlari o’rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining filial bosqichi bo’lib o’tadi!

❕ Tanlovda 10 nafargacha bo’lgan talaba-yoshlar jamoasi ishtirok etadi.

📈 Tanlov 4-boshqichda bo’lib o’tadi.
⭕️Filial bosqichi
⭕️Hududiy bosqichi
⭕️Yarim final bosqichi
⭕️Final bosqichi

❗️ Tanlov shartlari:
🟢1-shart. Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar – O‘zbek millatiga xos bo’lgan milliy qadriyatlarimizga mansub qadimgi urf-odatlarga asoslangan teatralni kompozitsiyalar namoyish etiladi.
Ushbu shartga 30 daqiqagacha vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.

🟢2-shart. “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” – ishtirok etayotgan jamoaning o‘z hududiga mos bir nechta milliy raqs va kuy qo‘shiq, musiqiy bezaklarga ega bo’lgan kompozitsion jamoaviy sahna chiqishlari.
Ushbu shart uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.

🟢3-shart. “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” nomli savol-javob sharti bo‘lib, Jadidlar hayoti va ijodidan jamoalarga bir vaqtning o‘zida 10 ta savol beriladi va o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Har bir savol 0,5 balldan jami 5 ballik tizimda baholanadi.

✅ Tanlov nizomini o’qish (https://teletype.in/@zazozozo46/2lMMHsyEIbJ)

🎁 Tanlovda g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar filial rahbariyatining diplom hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

❓Qo’shimcha savollar mavjud bo’lsa, 410-xonaga murojaat qilishingiz mumkin!