Dual taʼlim samaradorligi bo’yicha seminar

Islom karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali

Joriy yilning 23-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida
Dual taʼlimni tashkil etish hamda
spin-off korxona tashkil etish bo‘yicha seminar-treningga tashkil etildi.Seminarda oliygoh direktori professor Pulatov Sharifjon Yigitaiyevich soʻz olib dual taʼlimni samarali tashkil etish hamda spin-off korxonasini tashkil etish yuzasidan tavsiya va takliflar berib oʻtdi. Shuningdek, seminarda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
Dual taʼlimning samaradorligi;
Spin-off korxonalarning mohiyati va ularni tashkil etish jarayonlari;
Innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirishning usullari;
Spin-off korxonalarning muvaffaqiyatli boshqaruv strategiyalari kabi masalalarning taqdimoti bilan tanishildi.
Taqdimot To‘ychiyev Zafarjon Zokirovich tomonidan amalga oshirildi.
Yakunda yuqoridagilarni tez fursatda bajarish yuzasidan direktor Sh.Pulatov masʼullarga topshiriqlar berib oʻtdi.