Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar!
Sizlarni 23-yanvar kuni soat 14:00 da 205-xonada bo‘lib o‘tadigan spin-off korxona tashkil etish bo‘yicha seminar-treningga taklif etamiz.
Seminarda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
Spin-off korxonalarning mohiyati va ularni tashkil etish jarayonlari;
Innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirishning usullari;
Spin-off korxonalarning muvaffaqiyatli boshqaruv strategiyalari.
Seminar barcha uchun ochiq va foydali bo‘lishi kutilmoqda. Kelajakda o‘z g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishni istagan barcha ishtirokchilarni kutib qolamiz!
Manzil: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Qo‘qon filiali, 205-auditoriya
23-yanvar, soat 14:00da boshlanadi.