“Qaynonam – mening onam”

Islom karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali

Joriy yilning 23-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Oilali talaba qizlarning qaynonalari bilan “Qaynonam – mening onam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati filial xotin-qizlar boʻyicha direktor maslahatchisi N.Alimova, kutubxona markazi rahbari D.Djurayevalar hamkorligida tashkil etildi.
Suhbat davomida faol boʻlgan talaba qizlarning qaynonalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Zero Sogʻlom oila muhiti sogʻlom jamiyat poydevoridir.