Xabaringiz bor Yoshlarni qo’llab-quvvatlash|Rasmiy kanali (https://t.me/YQQUZB_KANAL/16380) an’anaga muvofiq har yili mamlakatimizda joylashgan Oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining reytingini shakllantirish maqsadida “YILNING ENG YAXSHI REKTORI” tanlovini tashkil etadi.
🏬 Quvonarlisi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali direktori Pulatov Sharifjon Yigitaliyevich umumiy hisobda 4698 ta ovoz bilan “YILNING ENG YAXSHI DIREKTORI” nominatsiyasida mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdi.
📊 Joriy yilning 25-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali direktori Pulatov Sharifjon Yigitaliyevichning taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
🎉 Marosimda Yoshlarni qo’llab-quvvatlash|Rasmiy kanali (https://t.me/YQQUZB_KANAL/16380) asoschisi Egamnazar Abdulboqiyev tomonidan g’olibga statuetka, diplom va talabalar uchun o’quv kursi uchun chegirmaga ega bo’lgan 14 000 000 so’mlik vaucher topshirildi.
🎓 Tadbirda Oliygohning professor-o’qituvchilari, jamoatchilik vakillari, ishchi-xodimlar va iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar.





