Hurmatli talabalar!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-348-son Qarorida vazirlikka belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yilning 30-yanvar kuni Qo’qon Shahar qon quyish markazida qon topshirish hayriya aksiyasida ishtirok eting.
Hayotda kimgadir yordam berish, kimningdir hayotini saqlab qolish katta savobli ishdir va bu ishni hamma qilishi kerak. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talabalari beg’araz donorlik an’anaviy aksiyasida qatnashing.«Men donorman» hayriya aksiyasida barcha professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.
