Jarayon Direktor minbari

Islom karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali

Joriy yilning 30-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida
direktor Pulatov Sharifjon Yigitaiyevich boshchiligida boʻlim boshliqlari va masʼul xodimlarga navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.Dastlab direktor Sh.Pulatov sirtqi boʻlim boshligʻi A.Asqarovning “Fidoiy xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan samimiy muborakbod etdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 24-yanvardagi PQ-26-son qarori bilan tanishtirib, uning aniq va maqsadli ekanligini taʼkidlab oʻtdi.Shuningdek, direktor maslahatchisi J.Tadjibayev qarorning dolzarbligi va muhimligi toʻgʻrisida fikr bildirib oʻtdi.