January 31, 2025

Day

Hurmatli talabalar! O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatasiyalar vazirlgining 2025-yil 7-yanvardagi 3/15-2/5-87-sonli topshiriq xatining ijrosini taʼminlash maqsadida ushbu eʼlon berilmoqda.Mazkur bayonning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan “Talaba-yugur” sportmusobaqalari 2025-yilda2-mavsumda “Bahor” mavsumiga start beriladi. Musobaqa shu yilning (fevral-may oylarida) va“Kuz” mavsumi (oktyabr-noyabr oylarida) oʻtkazilishi belgilangan.Roʻyxatdan oʻtish uchun “Yugur” yugur.uz elektron platforma orqali roʻyhatdan oʻtishingiz mumkin.
“Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-26-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi: Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti; Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti...