Joriy yilning 5-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi yuqori kayfiyat ila tashkil etildi.
📑 Tadbir davomida milliy urf-odatlarimizni, hunarmandchilik an’analarini va zamonaviy dizaynerlarning betakror ishlanmalarini aks ettiruvchi liboslar namoyish etildi.
🎤 Ko‘rgazmada ishtirokchilar o‘ziga xos kashtachilik san’ati, atlas va adras matolaridan tikilgan nafis kiyimlar hamda zamonaviy uslubda yaratilgan milliy liboslar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
✅ Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, yoshlarning milliy madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.
📝 P/s: Ko‘rgazmada ishtirok etgan barchaga minnatdorlik bildiramiz va kelgusida ham milliy madaniyatimizni keng targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi bunday tadbirlar soni ortib borishini tilab qolamiz!



