“Besh muhim tashabbus” doirasida shaxmat va shashka musobaqalari o’tkazildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

2025-yil 6-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali va Qo‘qon shahar 29-maktab hamkorligida “Besh muhim tashabbus” doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

⏺️ Ushbu turnir yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, strategik fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular munosib tarzda taqdirlandi. Ushbu musobaqa kelajakda shaxmat va shashkaga qiziqadigan yoshlarni rag‘batlantirish hamda ularning intellektual rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.