Joriy yilning 5-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali direktori v.b M.Maksudov boshchiligida filial xodimlariga kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.
📌 Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi PQ-26-sonli “Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroridagi belgilangan vazifalar yuzasidan filialda faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun ogohlantirish xati berilishi to’g’risida fikr-mulohazalar berildi.
👥 Yig’ilganlarga filial yuristkonsulti tomonidan mehnat qonunchiligida belgilangan tegishli qarorlar bo’yicha ma’lumotlar yetkazildi.




