Joriy yilning 8-fevral kuni Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, milliy tilimiz va madaniyatimiz ravnaqi yo‘lida beqiyos xizmat qilgan Navoiy merosiga hurmat va ehtirom ifodasi sifatida tashkil etildi.
📑 Tadbirni Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov ochib, buyuk mutafakkirning milliy va jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning asarlari bugungi yosh avlod uchun bebaho ibrat maktabi ekani haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, Navoiy g‘azallari va dostonlarida aks etgan ezgulik, mehr-muruvvat, komillik va yuksak axloqiy fazilatlar yoshlarni har tomonlama yetuk inson bo‘lib kamol topishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
🔶 Tadbir davomida Qo‘qon shahar musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan buyuk shoirning “Xamsa” dostonidan o‘rin olgan “Sabbai sayyor” spektakli sahnalashtirildi. Ushbu sahna asari tomoshabinlarga Navoiy asarlarida ilgari surilgan chuqur falsafiy fikrlar, insoniylik va adolat tamoyillarini jonli tasvirlar orqali yetkazib berishga xizmat qildi. Teatr aktyorlarining mahorati, sahna bezaklari va musiqiy jo‘rlik tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
📚 Tantanali kecha davomida shoirning g‘azallaridan o‘qish, adabiy kompozitsiyalar ham namoyish etilib, Navoiy merosining buyukligi yana bir bor yuksak e’tirof etildi. Tadbir barcha ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi va buyuk shoir ijodini chuqurroq o‘rganishga undadi.
📝 Tadbirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialining 34 nafar hodimlari va 75 nafardan ziyod talabalari faol ishtirok etdilar.




