Joriy yilning 11-fevral kuni TDTU Qo‘qon filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari favqulodda vaziyatlar yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan saviyasini oshirishga bagishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Seminar ishtirokchilariga Farg‘ona viloyati Hokimining 2024-yil 26-apreldagi 255-11-0-Q/24-sonli qarori hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Farg‘ona viloyati FVB boshlig‘ining 2025-yil 3-fevraldagi aloqa xatiga asosan tashkil etilgan seminarning mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi va so‘zni Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi HFXO‘M boshlig‘i podpolkovnik A.Yunusovga berdi. Seminar ishtirokchilariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17-apreldagi PQ-161-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Farg‘ona viloyati FVB HFXO‘M o‘qituvchilari tomonidan milliy elektron platforma https://zilzilaplatforma.fvvfmiuz/ orqali o‘quv kurslarida qanday ishtirok etish va guvohnoma olish yuzasidan tushunchalar berildi.



