Oliygohda shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida aql, mantiq va strategiya mujassam bo‘lgan shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi! Musobaqa talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida hayajonli kechdi.

🔥 Intellektual jang maydonida 30 dan ortiq talaba va 20 dan ortiq professor-o‘qituvchi o‘z kuchini sinab ko‘rdi. Har bir yurish, har bir kombinatsiya – g‘alabaga intilish va mantiqiy fikrlash mahsuli edi. O‘yinlar shunchalik qizg‘in kechdiki, har bir ishtirokchining ko‘zida intellektual ruh, jangovarlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq aks etardi!

⏲️ Musobaqa 13:30 da start oldi va 17:00 da yakunlandi. Final bosqichi tomoshabinlarni o‘ziga rom etdi.
🎉 Talabalar o’rtasidagi o’yinda:
🥇1-o’rin: 9/23-Menejment-Soliyev Islombek
🥈2-o’rin: 3/23-Iqtisodiyot-Murodova Nazirabonu
🥉3-o’rin: 9/23-Menejment-Turg’unaliyev Shohruhbek

🎉 Professor-o’qituvchilar o’rtasidagi o’yinda texnika fablari nomzodi, dotsent Begijon Tojiboyev g’olib bo’ldi.

👥 So’ngra talabalar o‘rtasida g‘olib bo‘lgan ishtirokchi-talaba Soliyev Islombek Qo‘qon davlat universiteti rektori v.b. Sh.Pulatov bilan kuch sinashdi. Nafaslarni ichga yutgan holda kuzatilgan bahs yakunida Sh.Pulatov g‘alabaga erishdi!

🎉 Finalda Sh.Pulatov va B.Tojiboyev o‘zaro kurash olib borishdi, natijada Qo‘qon davlat universiteti rektori v.b. Sh.Pulatov musobaqaning mutlaq g‘olibi deb topildi!

👏 Ushbu musobaqa nafaqat shaxmatga qiziqish uyg‘otdi, balki yoshlarni mantiqiy fikrlash, strategik rejalashtirish va sabr-toqat bilan g‘alabaga intilishga undadi.