Seminar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

Joriy yilning 11-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida geodeziya va kadastr, kartografiya yoʻnalishi talabalar ishtirokida seminar tashkil etildi. Umumiy va raqamli fotogrammetriya fani haqida jahon tajribalari haqida fikr almashildi.
Seminarni Alisherov Shoxruxbek Mirzohidjon oʻgʻli Fargʻona Politexnika Instituti 1-bosqich magistr talabasi olib bordi.U 2023-2024 oʻquv yilida ERASMUS+ granti orqali Yevropaning Italiya davlatidagi Turin Politexnika universitetida oʻqib malaka oshirgan.

2023-2024 oʻquv yili uchun Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi bilan taqdirlanib 2024-yigʻda imtiyoz asosida magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan.
2025-yilda esa dunyoning 34-raqamli oʻrinda turadigan Manchester Universitetida magistratura oʻqishini davom ettirish uchun grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Seminar mazmunli va samarali tashkil etildi.